Jahon sayohat va turizm kengaşi (WTTC) dokladida ma'lum qilinişiça, Meksikaning Kankun şahri turizmga eng boğliq şahar deb topildi. Ta'kidlanişiça, şahar yalpi içki mahsulotining deyarli yarmi, aniqroği 49,6 foizi aynan şu sohaga töğri keladi. 

Ommaviy kurortga aylantirilgan Kankun 1972 yilgaça oddiy baliqçilar qişloği bölgan. Hozirda u yerga taşrif buyuruvçi xorijiy sayyohlarning 63 foizini AQŞ fuqarolari taşkil qiladi. 

Röyxatning 2-örnini Marrakeş (Marokaş) şahri egalladi (YaIMning 30,2 foizi). Bu yerga keluvçi xorijiy sayyohlarning uçdan bir qismini fransuzlar taşkil qiladi. 

3-öringa Makao qöyilgan. Bu şaharda sayyohlik sohasidan olinadigan daromad YaIMning 29,3 foizini taşkil qiladi. Şuningdek, yetakçi beştalikka AQŞning Orlando şahri (18,7 foiz) va Turkiyaning Istanbuli (17,6) kiritilgan.  

Şuningdek, reytingning yuqori öntaligiga Venetsiya, Dubrovnik (Xorvatiya), Dubay, Las-Vegas va Bangkok kirgan.