Ispaniya XOQning Kosovo tufayli mamlakatda musobaqalar o‘tkazmaslik bo‘yicha chaqirig‘iga javob qaytardi
Ispaniya Tashqi ishlar vazirligi Xalqaro olimpiya qo‘mitasining (XOQ) Kosovo tan olinmaganligi sababli mamlakatda sport tadbirlarini o‘tkazmaslikka qaratilgan chaqirig‘iga izoh berdi, deb xabar qilmoqda TASS.
Ispaniya hududida o‘tkaziladigan musobaqalarda kosovarlar o‘z bayrog‘i va madhiyasi bilan qatnasha olmaydi. El País nashrining ta'kidlashicha, XOQ barcha xalqaro federatsiyalarga Pireneya davlatiga yirik musobaqalarni tashkil etish huquqini bermaslik chaqirig‘i bo‘lgan xat yo‘llashni rejalashtirmoqda.
«Ispaniya hukumati butun vaqt davomida XOQ tomonidan tashkil qilingan sport tadbirlarida Kosovo olimpiya qo‘mitasi vakili bo‘lgan sportchilar ishtiroki uchun formulalar taqdim etgan va bunda davom etadi. Bu ispanlarning Kosovo hududi mustaqilligini tan olmaslik bo‘yicha pozitsiyasida hech qanday o‘zgarishlarni nazarda tutmaydi», - deyiladi TIV bayonotida.
«Hurmat belgisi sifatida tegishli qadamlar qo‘yildi, bir tomondan, Xalqaro olimpiya qo‘mitasining maktubi, boshqa tomondan esa, bizning yuridik pozitsiyamizdan kelib chiqqan holda, xuddi boshqa davlatlar qilgani kabi tan olishning har qanday aktidan qochish», - deya ta'kidlab o‘tishgan vazirlikdan.
Mavzuga oid
21:44 / 12.11.2024
Ispaniyaning qator hududlari kuchli yog‘ingarchilik xavfidan ogohlantirildi
14:30 / 12.11.2024
RF xavfsizlik kuchlari Ispaniyada uchuvchini o‘ldirganlikda gumonlanmoqda
17:58 / 10.11.2024
Ispaniyada ommaviy norozilik namoyishlari: aholi Valensiya hukumati iste’fosini talab qilmoqda
22:04 / 06.11.2024