Seşanba kuni neft narxlari bozordagi kayfiyatning keskin özgarişi fonida 7% ga tuşib ketdi. Bir oy oldin treyderlar bir barrel neft narxi 100 dollarga qaytişini taxmin qilişgandi, endi esa gap neftga qayta taklif haqida ketmoqda - narxlar 55-65 dollargaça tuşib ketdi.

Seşanba, 13 noyabr kuni, Brent nefti uçun yanvar fyuçerslari 4,65 dollarga (-6.6%) arzonlaşdi va bir barrelga 65,47 dollarlik körsatkiçda yopildi, Amerikaning WTI neftiga dekabr fyuçerslari 4,24 dollarga tuşib ketdi (-7,1%) - bir barrel uçun 55,69 dollargaça.

Xalqaro etalon bölgan Brent nefti oktabr oyi boşidan beri (86,29 dollar) maksimumdan qariyb 25 foizga «quladi» va agar savdolar yopilişidagi narxlarga qaralsa, rasman «ayiq» sikliga kirdi (bear market - yaqindagi çöqqiga nisbatan 20 foizga tuşiş).

WTI ketma-ket 12-savdo sessiyasi davomida arzonlaşdi - 1983 yildan beri butun savdolar tarixidagi qulaş davomiyligi böyiça rekord. Amerika nefti ham «ayiq» bosqiçida.

Bir oy oldin bozorda neft kotirovkalari bir barrel uçun 100 dollarga qaytişi haqida gapirişgandi - bunday ssenariy Eronga qarşi takroriy qattiq sanksiyalar arafasida körildi.

Neft narxining qulaşi OPeK hisoboti e'lon qilinganidan söng yuz berdi, unda taşkilot 2018 va 2019 yillarga neft qazib oliş böyiça prognozni kötardi, şuningdek, sentabr bilan soliştirganda oktabrda qazib oliş hajmining oşişi bildirildi. Bozor öyinçilari taklifning köpligiga reaksiya bildirişdi hamda barrel narxi pastga tuşib ketdi.