Özbekiston Respublikasi Prezidenti “Parrandaçilikni yanada rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorni imzoladi.
Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Parrandasanoat” uyuşmasi, “Özsanoatqurilişbank” ATB, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi va viloyatlar hokimliklarining bosqiçma-bosqiç barça hududda parranda yetiştiriş, uni qayta işlaş va yakuniy tayyor mahsulot tayyorlab, iste'molçiga yetkaziş jarayonini töliq qamrab olgan parrandaçilik klasterlarini taşkil etiş (şu jumladan, 2019 yilda 13 ta) töğrisidagi taklifi ma'qullandi.
Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasi, Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi, “Parrandasanoat” uyuşmasi, “Özsanoatqurilişbank” ATB, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2019 yil 1 fevralga qadar muddatda salohiyatli tadbirkorlik sub'yektlarini, moliyalaştiriş manbalari va yer maydonlarini aniqlab, 2019-2021 yillarda parrandaçilik klasterlarini taşkil etişning manzilli dasturi loyihasini tasdiqlaş uçun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi Soğliqni saqlaş vazirligi, Davlat veterinariya qömitasi, “Özstandart” agentligi, “Parrandasanoat” uyuşmasi, “Özbekoziqovqatxolding” XK hamda tegişli vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2019 yil 1 fevralga qadar ilğor xorijiy tajribadan kelib çiqib, mahsulot sifatiga sezilarli ta'sir körsatuvçi xavf va muhim nazorat nuqtalarini tahlil qiliş (“HACCP”), Xalqaro standartlaştiriş taşkiloti (“ISO”) va “Halal” standartlari talablarini inobatga olgan holda, parrandaçilik korxonasini texnologik loyihalaştiriş me'yorlarini işlab çiqadi va parranda mahsulotlarini xalqaro tan olingan sertifikatlaştiriş çoralarini köradi.
Belgilanişiça, parranda kasalliklariga emlaş uçun işlab çiqarişning munosib amaliyoti (GMP – Good Manufacturing Practice) sertifikatlariga ega bölgan xorijiy işlab çiqaruvçi kompaniyalarning vaksina va biopreparatlari Özbekiston Respublikasida tan olinadi va qöşimça muvofiqlik sertifikatlari talab qilinmaydi.












