Fan-texnika | 00:45 / 14.11.2018
11793
2 daqiqa o‘qiladi

Smartfon orqali OIVni aniqlashga yordam beruvchi qurilma ixtiro qilindi

Jyenevadagi Brigxem ayollar shifoxonasi olimlari OIVni tez va arzon aniqlovchi qurilmani ixtiro qilishdi. Nature Communications shu haqida xabar berdi

Odatda OIV-infeksiyasi tashxisi va monitoringi uchun polimer zanjir reaksiyasi (PZR) qo‘llanadi, bu esa ancha qimmat va uzoq davom etuvchi usul. Tadqiqotchilar tibbiy yordam olish qiyin bo‘lgan mamlakatlarda foydalanish imkonini beruvchi testni yaratib, diagnostikani soddalashtirishga qaror qilishdi. 

Olimlar smartfonga mahkamlanuvchi va undan boshqariluvchi qurilmani ishlab chiqishdi. Ushbu qurilma o‘ziga o‘rnatilgan chip yordamida qon tomchisidagi RNK nuklein kislotalarini aniqlay oladi. Olimlar ko‘ngillilarda OIV-tasdiqlovchi va OIV-rad etuvchi qurilmani sinab ko‘rib, uning sezuvchanligi (OIV belgilarini aniqlash) 99,1 foizni, spetsifikligi (kasallik belgilari topilmasligi) esa 94,6 foizni tashkil qilganini aniqlashdi. Usulning aniqlik darajasi yuqori bo‘lishiga qaramay, qurilma va reagentlar narxi 5 dollarga ham yetmaydi.

Tadqiqotchilar ularning ixtirosi shifokorlarga nochor mintaqalarda OIV-diagnostikasi bilan faolroq shug‘ullanishga yordam berishiga umid qilishmoqda. Shuningdek, ular bunday texnologiyani boshqa virusli va bakterial kasalliklar diagnostikasi uchun ham qo‘llash mumkinligini taxmin qilishmoqda. 

Mavzuga oid