O‘zbekiston | 10:48 / 14.11.2018
26047
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston yanvar-oktabr oylarida qancha yengil avtomobil ishlab chiqargani ma'lum bo‘ldi

Foto: KUN.UZ

2018 yil yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston 148,3 ming dona yengil avtomobil ishlab chiqardi, bu 2017 yilning shu davriga nisbatan 31,7 foizga ko‘p.

O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, hisobot davrida yuk avtomobillari ishlab chiqarish 5,3 foizga oshgan - 3,37 mingtagacha.

2018 yil yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston 532ta avtobus ishlab chiqardi, bu 2017 yilning shu davriga nisbatan 32,1 foizga kamdir.

2018 yil yanvar-oktabr oylarida O‘zbekistonda avtomobil dvigatellari ishlab chiqarish 115,34 mingtani tashkil etdi. 2017 yil yanvar-oktabriga nisbatan o‘sish 49,2%ni tashkil qildi.

2018 yil yanvar-oktabr oylarida traktorlar ishlab chiqarish hajmi 2,71 ming donani tashkil etdi, bu 2017 yilning shu davriga nisbatan 4,6 martaga ko‘p.

Mavzuga oid