Toşkentdagi Xalqaro savdo markazida yangi partiya taşkil etiş böyiça mamlakat fuqarolaridan iborat taşabbuskorlar guruhining majlisi bölib ötmoqda.

ÖzA’ning yozişiça, Özbekiston Respublikasining “Siyosiy partiyalar töğrisida”gi qonunining 6-moddasiga asosan ekologik partiya taşkil etiş böyiça mamlakat fuqarolaridan iborat taşabbuskorlar guruhi şakllandi. Bugun, 14 noyabr kuni Xalqaro savdo markazida yangi partiya taşkil etiş böyiça majlis ötkazilyapti. Boriy Alixonov raisligida ötkazilayotgan mazkur anjumanda vazirlik va idoralar vakillari iştirok etmoqda.

Ayni paytda Özbekiston ekologik partiyasi taşkil etilişi ma'lum qilindi. 

Bugungi kunda mamlakatda 4ta siyosiy partiya – Özbekiston Xalq-demokratik partiyasi, «Milliy tiklaniş» demokratik partiyasi, «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi, Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston liberal-demokratik partiyasi hamda Özbekiston Ekologik harakati faoliyat yuritmoqda.

Özbekiston Ekologik harakati aholining ekologik madaniyatini oşiriş bilan boğliq barça yumuşlarni öz zimmasiga olgan.