IŞID terrorçilik guruhi Suriya hukumatining xatti-harakatlari natijasida paydo böldi. Bu haqda çorşanba kuni AQŞ davlat kotibining Suriya böyiça maxsus vakili Jyeyms Jyeffri jurnalistlar uçun brifingda bayonot berdi.
«Suriya rejimi tufayli IŞID paydo böldi», - deya ma'lum qildi AQŞ taşqi siyosat idorasi xodimi.
«Aholi Başar Asad rejimiga qarşi boş kötarganida, fuqarolik jamiyati butunlay yöq bölib ketişi ehtimoli yuzaga kelganida va zöravonliklar avj olganida, IŞID elementlari ham paydo böldi. Asad rejimi esa muzokaralarga kirişiş yoki qandaydir yeçim topiş örniga, öz fuqarolariga qarşi keng miqyosli zöravonliklardan foydalanişni boşladi. Bu IŞIDga tarafdorlarni yollaş, Asad rejimi vahşiyliklaridan odamlarni himoya qiliş niqobini kiyişga imkon yaratdi. Köp ötmay IŞID 35 ming jangaridan iborat armiyaga ega böldi hamda Iroq va Suriyadagi katta tumanlarni egallab oldi», - dedi amerikalik diplomat.

Şuningdek, Jyeffri ma'lum qilişiça, AQŞ suriyalik qoçqinlarning qaytişi jarayonini tösib qöyişga urinayotgani yöq, lekin ular çet eldan vatanlariga majburan köçirilişiga qarşi çiqadi.
«Rossiyaning butunlay asossiz da'vosiga keladigan bölsak, biz heç kimni töxtatişga, Suriyaga qaytarmaslikka harakat qilmayapmiz... Kim 6 million qoçqinga Suriyaga qaytişga imkon bermayapti? Yil davomida faqat 55 ming odam qaytganini kördik. Sizlarga şuni aytmoqçimanki, bunda rejimning özi, bu rejimning öz fuqarolariga nisbatan dahşatli xatti-harakatlari sababçi», - deydi Jyeffri.
«AQŞ hukumati qoçqinlarni Suriyaga qaytmaslikka çaqirayotgani yöq. Şuningdek, biz boşqa davlatlar hukumatlariga qoçqinlarni töxtatiş haqida çaqiriq bilan çiqmadik», - deya aytib ötdi Amerika taşqi siyosat idorasi xodimi.
«Bizning pozitsiya şundaki, qoçqinlar özlari hal qilişi kerak. Bu ixtiyoriy bölişi lozim. Qaytiş xavfsiz bölişi şart. Gap qandaydir odamlar guruhini majburan rejim nazoratiga qaytariş, ularda boşqa tanlov bölmagani haqida bormasligi lozim», - dedi diplomat.
«Rossiyaning bir neça vakillari muntazam ravişda safarlarda bölayotgani, turli mamlakatlarga qoçqinlar böyiça çaqiriq bilan çiqayotgani, Suriya rejimini tan olişga undayotgani, uni Arab davlatlari ligasiga qaytarişga harakat qilayotgani bir narsani anglatadi: Rossiya Suriya rejimiga juda katta qöllab-quvvatlov kerakligini yaxşi tuşunmoqda», - deya hisoblaydi Jyeffri.












