Fransiya politsiyasi Interpolning sobiq rahbari Men Xunveyning yöqolişi böyiça olib borilgan tergov işini yakunladi. 

Tergov Interpol boş qarorgohi joylaşgan Lion şahri politsiyasi tomonidan olib borilgan. Ma'lumotlarga köra, tergov jinoyat Fransiya hududida sodir etilganiga işora qiluvçi biror-bir dalil topmagan. Şuningdek, Xunveyning rafiqasi turmuş örtoği yöqolgandan keyin xitoyçada tahdidlar bildirilayotgan telefon qönğiroqlari olganining heç qanday isboti topilmagan.

Oktyabr boşida Fransiyada Xunveyning yöqolişi bilan boğliq tergov boşlangan. Uning yöqolgani haqida rafiqasi xabar qilgan. Ayol eri 29 sentabrdan aloqa çiqmayotganini hamda ijtimoiy tarmoqlar va telefon orqali tahdidlar olganini ta'kidlagan. 

Xunvey ta'tili vaqtida öz vatani Xitoyga borganda yöqolib qolgan. Keyinroq Xitoy hukumati Xunvey korrupsiya işiga aloqadorlik gumoni bilan hibsga olinganini ma'lum qilgan.

7 oktabrda esa Xunvey Interpol rahbari lavozimidan ketişini sirtdan e'lon qilgan. Uning örnini vitse-prezident Kim Çon Yan vaqtinçalik egallagan.