Turkiya 83 ta davlatdan Fathulla Gulen boşçilik qiluvçi FETO harakatining 452 a'zosi topşirilişini talab qildi. Bu haqda Turkiya taşqi işlar vaziri Mavlut Çovuşöğlu ma'lum qilgan.
“FETÖning xorijiy bölimlari boşliqlari böyiça olib borilgan tergov doirasida 452 kişining topşirilişiga sörov tayyorlandi. Bu sörovlar ular aniqlangan 83 davlatga jönatildi”, deb aytgan Çovuşöğlu.
Turkiya hukumati Gulenni 2016 yil 16 iyulga ötar keçasi sodir etilgan davlat töntaruviga urinişga aloqadorlikda ayblab keladi. Anqara Vaşingtondan AQŞda yaşovçi va Turkiyada sirtdan hibsga olingan Gulenning topşirilişini talab qilib keladi. Gulenning özi esa töntaruvga heç qanday aloqasi yöqligini ta'kidlab keladi.

















