Boş prokuratura Samarqanddagi test savollari kitobi bilan boğliq vaziyat haqida ma'lumot berdi.

Töplangan hujjatlarga köra, Samarqand sport öyini turlari va yengil atletikaga ixtisoslaşgan bolalar va sport maktabida 2018-2019 öquv yili uçun Samarqand davlat tibbiyot institutiga öqişga qabul qiliş böyiça 2018 yil 1 avgust kuni ötkazilgan test sinovlarida qatnaşgan abituriyent Ş.N.ga işlaş uçun berilgan va Davlat test markazida qat'iy hisobda bölgan test savollar kitobining 5-varaği fotosurati noma'lum şaxs tomonidan internet orqali tarqatilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand şahri böyiça IIO FMB huzuridagi Tergov bölimi suriştiruvçisi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilib, natijasiga köra 2018 yil 13 sentabr kuni Özbekiston Respublikasi JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat işi qözğatişni rad qiliş haqida qaror qabul qilingan.

Qayd etilişiça, uşbu qarorning qonuniyligi Samarqand viloyat prokuraturasi tomonidan örganib çiqilib, bir qator qöşimça tergovga qadar tekşiruv harakatlari ötkaziş kerakligi bois, bekor qilinib, qöşimça tergov harakatlari ötkazilişini taşkillaştiriş uçun Samarqand şahar prokuraturasiga yuborilgan.

Bildirilişiça, endi qöşimça tergov harakatlari ötkaziladi