Bugunga kelib 49 mamlakatning 19 518 nafar fuqarosi Özbekistonga kiriş elektron vizasini qölga kiritdi. KUN.UZ muxbiri Boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimov bergan ma'lumotlarga asoslanib, şu haqida xabar berdi.
15 noyabr sanasi ma'lumotlariga köra, jami 19 820 nafar xorij fuqarosi Özbekistonga kiriş uçun elektron viza sörab murojaat qilgan. Şulardan 19 518 nafariga E-VISA berilgan bölsa, yana 280 kişining murojaati örganilmoqda.
Ta'kidlaş joizki, E-VISA statistikasi böyiça fuqarolari eng köp Özbekistonga kiriş istagini bildirgan mamlakat – Xitoy. Bu mamlakatdan kelib tuşgan arizalar soni 5601 tani taşkil etgan. Undan keyingi örinda 2023 ta murojaat bilan Hindiston nomi qayd etilgan. Uçinçi poğonani esa 1867 fuqarosining murojaati bilan AQŞ egallab turibdi.
Şuningdek, Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya mamlakatlari fuqarolari ham Özbekistonga kiriş uçun elektron viza olişni sörab murojaat qilganlar orasida köpçilikni taşkil qiladi.

















