«Krasnodar» yarimhimoyaçisi Pavel Mamayevga qaytadan ayblov e'lon qilindi, deb xabar beradi TASS.

Naşrning manbasi sözlariga köra, futbolçiga e'lon qilingan dastlabki ayblov hujjatida texnik xatolar bölgan. Şu tufayli, unga «Bezorilik» va «Tan jarohati yetkaziş» moddalari böyiça takroran ayblov öqib eşittirilgan. 

Avvalroq, Moskva prokuraturasi talabiga köra, futbolçi ayblanayotgan moddalar yengilroğiga özgartirilişi va uning garov puli evaziga ozodlikka çiqişi haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo, bu haqiqatdan yiroq ekani ma'lum böldi. 

Eslatib ötamiz, 8 oktabr kuni Aleksandr Kokorin va Pavel Mamayev Moskvadagi qahvaxonalardan birida Minpromtorg mulozimi Denis Pak va «NAMI» taşkiloti rahbari Sergey Gaysinni döpposlaşgan edi. Bu mojarodan biroz oldin esa «Perviy kanal» boşlovçisi Olga Uşakovaning haydovçisiga hujum qilişgan. Jabrlanganlar turli tan jarohati olib, şifoxonaga yotqizilgan. 

Şundan söng, ularga Jinoyat kodeksining 116-moddasi «Tan jarohati yetkaziş» va 213-moddasi «Bezorilik» böyiça rasman ayblov e'lon qilinib, sud tomonidan 8 dekabrga qadar hibsga olingan edi. Aybdorlarga 7 yillik qamoq jazosi tahdid solmoqda.