«Mançester Yunayted» klubi «Roma» yarimhimoyaçisi Lorentso Pellegrini xizmatiga qiziqiş bildirmoqda.

Sky Sports xabariga köra, 22 yoşli futbolçi mankunianliklarning asosiy transfer maqsadiga aylangan. Joze Mourino futbolçining agenti bilan şaxsan uçraşib, «Mançester Yunayted» 26,5 million funtga teng tovon pulini tölaşga tayyor ekanini aytgan.

Pellegrinining «Roma» bilan imzolagan şartnomasi 2022 yilgaça amal qiladi. Joriy mavsumda u barça musobaqalarda 13ta öyin ötkazib, 2ta gol urgan va 5ta golga hammualliflik qilgan.