Özbekistonning har bir hududida Prezident maktablari taşkil etiladi. Bu haqda davlat rahbari Şavkat Mirziyoyev Nukus şahrida bölib ötayotgan uçraşuvda ma'lum qildi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.
«Mamlakatimizni yangi taraqqiyot bosqiçiga kötarişni öz oldimizga ustuvor vazifa qilib qöygan ekanmiz, buni amalga oşiriş uçun bizga, eng avvalo, yangi avlod kadrlari kerak. Ana şunday yuksak salohiyatli kadrlarni tarbiyalaş maqsadida yurtimizning har bir hududida bittadan yangi tipdagi maktablar - Prezident maktablarini taşkil etişni rejalaştirganmiz», dedi Şavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbari bu işni Qoraqalpoğistondan, Nukus şahridan boşlaşni taklif qildi. Taklifni barça katta xursandçilik bilan qöllab-quvvatlagaç, Prezident soha mutasaddilariga bu böyiça topşiriqlar berdi.
Kelgusi yili Qoraqalpoğistonda 2 ming 400 örinli 7 ta maktab qurilişi, maktabgaça ta'lim va soğlikni saqlaş tizimlaridagi işlar izçil davom ettirilişi qayd etildi.
Uçraşuvda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi va Vazirlar Kengaşi a'zolari, şahar va tumanlar hokimlari, sektorlar rahbarlari iştirok etmoqda. Videoselektor orqali uni şahar va tumanlarda keng jamoatçilik vakillari kuzatib bormoqda, deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Mirziyoyev Qoraqalpoğistonda iş örinlarini köpaytiriş böyiça topşiriq bergandi.












