Ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda lotin grafikasiga asoslangan yangi özbek alifbosi haqidagi bahs-munozaralar avjiga çiqdi. Taklif etilayotgan «ş» va «ç» harflarining yangi şakli qölyozmada qanday aks etişini amalda sinab köriş uçun qayta-qayta yozib kördim. Negadir öxşamadi... Işonmasangiz, siz ham yozib köring...

Xat-savod çiqariş uçun qöliga qalam olgan bolakay bu harflarni qanday yozarkin? Ğayritabiiy elementga ega bu harflar uning husnixatiga qanday ta'sir körsatarkin?.. 

«Kun.uz» saytida ayni masalada Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti rektori Şuhrat Sirojiddinov bilan bölgan suhbat mulohazaga çorladi.

Joriy yilning 22 oktabr kuni universitet taşabbusi bilan til va alifbo masalasiga bağişlangan konferensiyada lotin grafikasiga asoslangan özbek alifbosiga özgartiriş kiritiş böyiça işlab çiqilgan takliflarning ayrimlarini ma'qullaş mumkin. Çunonçi, «o‘» va «ğ» harflariga özgartiriş kiritiş, «ng» harfiy birikmasi va tovuşini alifbodan çiqariş böyiça berilgan takliflarda mantiq bordek. Biroq «ş» va «ç» harflarini özgartirişga ehtiyoj bormi?

E'tibor bersak, dunyodagi aksariyat tillarda harfiy birikmalar mavjud va bu na yozuvda, na talaffuzda u qadar murakkablikni yuzaga keltirmaydi (agar şunday bölganida ular bundan allaqaçon voz keçgan bölardi).

Rektor bilan suhbatdan ma'lum böldiki, alifbo masalasida tortişayotganlar uç guruhga bölingan: birinçi guruh alifbo şu holatda qolişi kerakligini, ikkinçi guruh ayrim harflarni özgartirişni, uçinçi guruh esa özbek tilidagi 6ta unlini 9taga köpaytirişni taklif qilayotgan guruhlar. Uçinçi guruhning taklifiga mutlaqo qöşilib bölmaydi: «h» va «x» harflarini töğri qöllaş könikmasini egallaş qançalik qiyinligi (hatto ayrim filolog-mutaxassislar ham bu masalada ba'zan ikkilanib qoladilar), imloviy xatolarning katta qismi şu harflarni çalkaştirib yoziş bilan boğliq ekanini yaxşi bilganimiz holda, nahot bunday holatlar köpayişini istaymiz?  

Hurmatli rektor ma'naviyat, alifbo masalasida şoşmaşoşarlikka yöl qöyiş mumkin emasligini, bu boradagi aççiq tarixiy tajribalarni töğri eslab ötibdilar. Xöş, alifboga kiritayotgan hozirgi özgartirişlar xalqqa singib ketişiga, şu bilan savodxonlik keskin oşib ketişiga kim kafolat beradi? Bizning yana xato qilişga haqqimiz bormi?

Alifboga özgartiriş kiritiş masalasi keyingi yil may oyigaça bölgan davrda umumxalq muhokamasiga qöyilar, agar qabul qilinsa, u bilan boğliq özgarişlar bosqiçma-bosqiç amalga oşirilar ekan. Kirill va lotin yozuvlari parallelizmi jamiyatda qança muammo, e'tiroz va savodsizlikka sabab bölayotgani bizga kamlik qilyapti çoği. Yöqsa, ikki alifbo va uç xil imlo (kirillça, lotinça va yangi lotinça)ni özimizga aslo ravo körmasdik.