Jahon | 02:11 / 17.11.2018
17411
1 daqiqa o‘qiladi

CNN jurnalisti Trampga qarshi sudni yutib chiqdi

Foto: Joyce N. Boghosian

Vashington okrug sudi CNN muxbiri Jim Akostaning Oq uyga kirishga ruxsat beruvchi hujjatini tikladi. Akosta Donald Tramp bilan matbuot anjumanda tortishib qolgandan keyin hujjatidan mahrum etilgandi. 

Akosta matbuot anjumanda prezidentga bir nechta savol bergan va birortasiga javob olmagan. Oq uy matbuot kotibi Sara Xakabi Akostadan mikrofonni olib qo‘ymoqchi bo‘lganda, muxbir uni bermagan.

“CNN ularda siz ishlayotganingizdan uyalishi kerak. Siz qo‘pol, yaramas odamsiz, siz CNN’da ishlamasligingiz kerak”, deb aytgan Tramp.

Keyinroq jurnalistning hujjati bekor qilingan, telekanal esa Tramp ustidan sudga shikoyat qilgan. Sud Akostaning jazolanishini konstitutsiyaga OAV va so‘z erkinligi hamda adolatli sud taftishiga huquq haqida gapirilgan birinchi va beshinchi tuzatmalarining buzilishi deb topgan.

Mavzuga oid