Germaniya kansleri Angela Merkelning tan olişiça, migratsiya siyosatida xatoliklarga yöl qöygan. Bu haqda Deutsche Welle xabar bermoqda.
16 noyabr, juma kuni, siyosatçi Xemnits şahri aholisi bilan uçraşuv ötkazdi, bu yerda avgust oyining oxirida Germaniya fuqarosi öldirilgandi. Ta'kidlanişiça, qoçqinlar mahalliy aholi vakilini öldirganlikda gumon qilinmoqda. Şaharda ommaviy namoyişlar bölib ötdi, öng radikallar xorijliklarga bir neça marotaba hujum uyuştirişdi.
Merkelning tan olişiça, Xemnitsda «dahşatli qotillik sodir böldi, u odamlarni larzaga soldi». Uning sözlariga köra, Germaniya hukumati dunyoning köplab davlatlari va mintaqalarini «xavfsiz» deb tan olmay, xatoga yöl qöydi. Bu, qayd etilişiça, qoçqinlar oqimini qisqartirişga yordam berardi.
Ta'kidlanişiça, Merkelning safari paytida şaharda u tomonidan olib borilayotgan siyosatga qarşi norozilik namoyişlari bölib ötdi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Germaniyada iqtisodiyot uç yil içida birinçi marta qisqargani ma'lum bölgandi.












