Statistik ma'lumotlarga köra, Özbekistonda 600 mingdan ortiq tadbirkor faoliyat yuritadi. Juda katta raqam. Taşqaridan qaraganda, şunçalik köp işbilarmonlari bor yurtda biznes ham gullab-yaşnasa kerak, hoynahoy, deb öylaşsa ajabmas. Ularni birlaştirib turadigan yagona taşkilot ham bor. Respublika Savdo-sanoat palatasi. 

Uşbu palata tadbirkorlar manfaatini himoya qiliş, işbilarmonlik muhitini yangi bosqiçga kötarişda qanday işlarni amalga oşirmoqda? Umuman olganda, Savdo-sanoat palatasi biznes vakillari işonçini oqlay olmoqdami? Aslida, eşik ortida nima borligi köpçilik uçun qiziq.

Şu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda va biznes doira vakillari orasida palataga pullik majburiy a'zolik tartibi kuçga kirgani, bu esa tadbirkorlar manfaatiga zid ekani töğrisida turli mulohazalar bildirildi.

A'zolik palataga hamda tadbirkorlar uçun qay jihatdan manfaatli yondaşuv?

Respublika Savdo-sanoat palatasi birinçi örinbosari Islom Jasimovning aytişiça, «palataga a'zolik taşkilot uçun juda dolzarb masala hisoblanadi, çunki tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş, taşkilot faoliyatini yanada takomillaştiriş va yana boşqa qator harakatlar moddiy manbaga borib taqaladi». 

«Işbilarmon soha vakillarining palata a'zoligi uçun amalga oşiradigan tölovlari asosiy moliyaviy manbamiz hisoblanadi. Hukumat va boşqa taşkilotlardan yordam olişga haqimiz yöq. Xalqaro miqyosda olib qaraganda, boşqa mamlakatlarda tadbirkorlar uyuşmalari nodavlat-notijorat taşkilot sifatida öz-özini moliyalaştiradi. Biz ham uşbu an'anaga sodiq holda, har taraflama mustaqil bölişga harakat qilyapmiz. Tadbirkorlik sohasi iqtisodiyotni barqarorlaştiruvçi kuç sifatida davlat organlari nazoratidan xoli bölişi kerak», - deydi u. 

Joriy yilning 9 iyulida «Savdo-sanoat palatasi töğrisida»gi qonun qabul qilindi va 10 oktabrda kuçga kirdi. Qonunning 17-moddasida «palataga a'zolik kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari uçun ixtiyoriy, boşqa tadbirkorlik sub'yektlari uçun esa majburiydir», degan bandi mavjud.

Islom Jasimov​ «heç qaysi tadbirkor a'zolikka majburlamagani»ni aytib, qonun kuçga kirgandan keyin atigi 5 nafar tadbirkor ixtiyoriylik asosida palataga a'zo bölganini aytdi.

Qonun kuçga kirdi. Endi nima böladi? Tadbirkorlar manfaati qay darajada himoya qilinadi? Ularga palataning qanday foydasi bor, deya işonçsizlik bildirayotganlar talaygina. Majburiy a'zolik belgilandi. Bu qaysidir ma'noda işbilarmonlarni qörqitayotgani rost. Palata faoliyati haqida köproq ma'lumotga ega böliş uçun rais örinbosarlari Islom Jasimov va Ötkir Bötayevga yana qöşimça savollar bilan murojaat qildik.