Deputat Rasul Kuşerbayev Facebook’dagi sahifasida Savdo-sanoat palatasini keskin tanqid ostiga oldi. Quyida uning matni keltiriladi.

“Yirik tadbirkorlarni Savdo-sanoat palatasiga majburan a'zo qilib qöydik. Xöş, nima özgardi?

Ha aytgança, bugun Toşkent viloyatidan transport xizmati körsatiş sohasi böyiça tadbirkor murojaat qilib dardini tökib soldi: 

Savdo-sanoat palatasi majburiy a'zolik huquqidan foydalanib ulardan a'zo böliş va a'zolik badali uçun eng kam oylik iş haqining 100 baravari miqdorida pul tölaşni talab qilayotgan ekan. 

Qoyil-ye, tadbirkorni himoya qilişi kerak bölgan palatadan vaqti kelib tadbirkorning özini himoya qilişga töğri kelsa-ya. Ertaga fermerning boşiga ham şu kunlar kelmasa edi. 

Issiqni issiq, sovuqni sovuq demay suvga tuşib, kesak kötarib maşq qilib yurgan fermerga çinovnik emas nodavlat himoyaçi kerak”, - deb yozadi deputat.

Ma'lumot uçun, Savdo-sanoat palatasi respublikada tadbirkorlik faoliyati, avvalo, kiçik va xususiy biznesni rivojlantiriş, real mulkdorlarning keng sinfini şakllantiriş, mamlakatning iqtisodiy hayotida xususiy sektor roli va ahamiyatini oşirişga kömak beriş; xorijiy şeriklar va investorlar bilan işbilarmonlik aloqalarni kengaytiriş, mahalliy tadbirkorlar tomonidan işlab çiqarilgan eksport mahsulotini taşqi bozorlarda ilgari suriş, şuningdek, qöşma korxonalar taşkil etiş, kiçik va xususiy korxonalarni texnik jihozlaş va yangilaş uçun respublikaga bevosita xorijiy investitsiyalarni jalb qilişda respublika tadbirkorlariga kömak beriş; boşqa davlatlarning Savdo-sanoat palatalari va tadbirkorlar jamoat birlaşmalari bilan hamkorlikni yölga qöyiş va rivojlantiriş, Özbekiston tadbirkorlari delegatsiyalarining işbilarmon taşriflarini taşkil etiş va respublikaga çet ellik tadbirkorlarni taklif qiliş, respublikada va çet elda xalqaro biznes-forumlar, savdo-sanoat körgazmalari va yarmarkalarni ötkaziş va boşqa vazifalarni bajaradi.