«Kun.uz» saytiga Buxoro viloyati, Buxoro tumani, «Kunji-qa'la» mahallasining Öba qişloği aholisidan murojaat kelib tuşdi. Unda qişloq aholisi gaz va elektr energiyasi ta'minotidagi muammolar, kuz-qiş mavsumidagi qiyinçiliklar haqida bayon etib, uşbu muammolarni hal etişda yordam söragan.

Mazkur murojaatni joyida örganiş uçun qişloqqa yöl oldik. Bizni qişloq odamlari kutib olişdi.

Ma'lum bölişiça, qişloqda gaz tarmoği bor. Faqat 2013 yilda tarmoqdan uzib qöyilgan.

Elektr energiyasi ta'minotida muntazam uzilişlar mavjud. Qolaversa, qişloqdagi transformatorda ulanişlar me'yordan oşib ketgan. Bu esa kuz-qiş mavsumida bir qator muammolarni keltirib çiqarmoqda.

Qişloq ahlining dardiga quloq tutdik.

«Qişloğimizda gaz 2013 yilda uzib qöyilgan. Qişloq aholisi suyultirilgan gaz balloni bilan ta'minlangan. Ammo uni qiş kunlari uylarni istiş uçun işlatib bölmaydi. Faqat oşxonada turadi. Uyni isitiş uçun ötin va kömir işlatişga majburmiz. Ularni ham topiş amrimahol. Axir, bemorlar, nogironlar va yoş bolalar bor», – deydi Latofat Nutfiyeva.

«Qişloğimizga gaz qayta ulanişini xohlaymiz. Öğlim, kelinim va nevaralar, butun oilamiz bitta xonada turişga majburmiz. Gaz va elektr energiyasi ta'minotidagi muammolar tufayli uylarni isitiş uçun hovlimizdagi mevali daraxtlarni ham kesib, yoqib tugatdik. Qöşni qişloqda gaz bor, ammo bizda yöq. Bizlarga qiyin. Misol uçun, qöşnim nogiron, juda ham qiynaladi sovuq kunlarda. Kömir ham yöq», – deydi Şohida Rahmonova.

«Uyimizda uçta oila yaşaymiz. Ikki nafar kelinim bor. Gaz yöqligi uçun qişda elektr peçlardan foydalanamiz. Ammo elektr energiyasi ham tez-tez öçayotgani tufayli buning ham ilojini qilolmayapmiz. Bugunning özida ham bir neça marta tok öçdi», – deydi Faroğat Amonova.

Aholining e'tirozlarini tinglagaç, uşbu mahalla raisi Furqat Niyozov bilan suhbatlaşdik.