Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘lim olovi. Kaliforniyada 1276 kishi bedarak ketdi
AQShning Kaliforniya shtatida bir necha kundan buyon davom etayotgan yong‘inlar tufayli halok bo‘lganlar soni 76 nafarga yetdi. Shuningdek, 1276 kishi bedarak ketgan deb hisoblanmoqda. Bu haqda jurnalistlarga Byutt okrugi sherifi Kori Xoni ma'lumot bergan.
«Bugun bedarak yo‘qolganlar soni yana 275 nafarga ortib, 1276 nafarga yetdi. O‘tgan tunda yana 5 kishining jasadi qoldiqlari topildi. Qurbon bo‘lganlar soni 76 nafarni tashkil qilmoqda», degan u.
Camp nomini olgan o‘rmon yong‘inlari 8 noyabr kuni Kaliforniya shtati shimolida boshlangandi. Bu shtat tarixidagi eng halokatli yong‘inga aylandi. Bundan tashqari, Kaliforniya janubida ham ikkita yong‘in boshlangan: Woolsey va Hill.
Qutqaruvchilar shu kungacha 300 mingdan ortiq kishini evakuatsiya qilishdi. Mamlakat prezidenti Donald Tramp shtat hududida favqulodda holat e'lon qilgan.
Shtat shimolida 60 ming gektar maydon o‘t ichida qolgan. Olov yetib bormagan hududlarga tutun yetib bormoqda. Ayni vaqtda Kaliforniya dunyodagi havosi eng ifloslangan hududga aylangan.
Sinoptiklar 18 noyabr kuni ham Kaliforniyada shamol kuchayishda davom etishini prognoz qilishgan. Faqat yangi hafta boshida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Lekin yomg‘irlar olovni o‘chirgani bilan qutqaruvchilar ishini qiyinlashtirishi mumkin.
Bungacha shtat tarixidagi eng halokatli yong‘in 2017 yilgi Tubbs yong‘ini bo‘lgandi. O‘tgan yili ham shtat shimolida boshlangan yong‘inlar 15 ming gektar maydonni qamragan va 5,5 mingdan ortiq obektni yo‘q qilgandi.
Mavzuga oid
09:15 / 16.06.2026
Kaliforniyada AQShning B-52 strategik bombardimonchisi quladi
18:26 / 20.05.2026
3 qurbon va «nafrat jinoyati» - Kaliforniya Islom markazidagi otishma tafsilotlari
00:10 / 25.04.2026
AQShda 60 metr balandlikdan yiqilgan ayol tirik qoldi
13:07 / 24.01.2026