Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nissan moliyaviy nayranglar sababli o‘z rahbarini ishdan haydaydi
Foto: Toru Hanai/Reuters
Yaponiyaning Nissan Motor Co avtokonserni rahbari Karlos Gon direktorlar kengashi raisi lavozimidan ketishi mumkin, deya yozmoqda Washington Post.
Kompaniyadan ma'lum qilishlaricha, manba hisobotiga asoslangan ichki surishtiruv Gon ko‘p yillar mobaynida o‘z kompensatsiyasini almashtirish to‘g‘risidagi hisobotlarni soxtalashtirib kelganini ko‘rsatgan. Xabar qilinishicha, kompaniya rahbari daromad miqdorini pasaytirib kelgan. Ta'kidlanishicha, yashirilgan miqdor millionlab AQSh dollarini tashkil etadi.
Surishtiruv Gon tomonidan boshqa huquqbuzarliklar ham sodir etilgani, shu jumladan, kompaniya aktivlaridan shaxsiy foydalanilganini aniqladi.
Nissan’dan ma'lum qilishlaricha, prokurorlarga barcha kerakli ma'lumotlarni taqdim etishgan va tergov bilan hamkorlik qilishmoqda. Shuningdek, kompaniyadan ta'kidlashlaricha, Gon ishdan bo‘shatiladi.
Mavzuga oid
17:03 / 28.10.2025
O‘zbekistonga “begona” mashina – qarovsiz qoldirilgan Nissanʼning sarguzashtlari
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
20:28 / 23.12.2024
Honda va Nissan birlashmoqda. Ular dunyodagi eng yirik uchinchi avtomobil ishlab chiqaruvchiga aylanadi
23:35 / 15.11.2024