16:22 / 19.11.2018
6998

OAV: respublikachilar Trampni impichmentdan himoya qilmoqda

Foto: Reuters/Joshua Roberts

Amerika Qo‘shma Shtatlarida prezident Donald Trampga demokratlar tomonidan impichment, shuningdek, yangi surishtiruvlar to‘lqini tahdid solayotgan AQSh vakillar palatasi sud qo‘mitasining raisi lavozimi uchun kurash avj oldi, deb yozmoqda Politico.

Nashrning yozishicha, Trampning eng yorqin ittifoqchilaridan biri - vakillar palatasi a'zosi Jim Jordan o‘tgan hafta vakillar palatasi sud qo‘mitasida respublikachilar ozchiligidan yetakchi bo‘lish istagida ekanini ochiq bildirdi.

Jim Jordan
Foto: Applewhite/AP Photo

Hattoki, respublikachilar oraliq saylovlar yakunlari bo‘yicha vakillar palatasi ustidan nazoratni yo‘qotgan bo‘lsa ham, ular Amerika yetakchisi va Respublikachilar partiyasi rahbarini demokratlar surishtiruvlaridan qat'iy himoya qilishga va'da bermoqda, deyiladi materialda.

Xususan, respublikachilar hozirgi paytda prezidentga demokratik hujumlar uchun markazga aylanuvchi sud qo‘mitasida o‘z partiyalari uchun manfaatli joyni egallash maqsadida kurashmoqda, deya ta'kidlaydi jurnal. Vakillar palatasi sud qo‘mitasida respublikachilarning navbatdagi tarkibi, katta ehtimol bilan, demokratlar bilan umumiy qonunchilikka emas, balki Tramp uchun kurashga ko‘proq vaqt sarflaydi, deb yozmoqda Politico.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp xatoga yo‘l qo‘yganini tan olgandi.

Top