Kobul şahrida Özbekiston Respublikasi prezidenti nomidan mamlakatda işlab çiqarilgan 25 ta avtobusni Afğoniston Islom Respublikasi Oliy ta'lim vazirligiga topşiriş marosimi bölib ötdi.

TIV xabariga köra, mamlakat rahbarining afğon xalqiga tuhfasini Özbekiston elçisi Yodgorxöja Şodmonov topşirgan.

Marosimda sözga çiqqan vazirlik va idoralarning rasmiy vakillari barça sohalardagi Afğoniston – Özbekiston munosabatlarining sezilarli darajada faollaşganini, bu, avvalo, Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan amalga oşirilayotgan oçiqlik va qöşni Afğoniston bilan döstlik aloqalarini mustahkamlaşga qaratilgan siyosat bilan çambarças boğliqligini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

«Savdo-iqtisodiy hamkorlikni faollaştiriş, Afğonistonga yirik infratuzilma loyihalarini amalga oşirişda kömaklaşiş va uni mintaqaviy iqtisodiy integratsiya jarayonlariga tortiş orqali mamlakatimizda tinçlik va barqarorlikni örnatişga qaratilgan Özbekistonning sa'y-harakatlari yuksak e'tirofga loyiq», – dedi transport vaziri Muhammad Hamid Tahmasiy.

Oliy ta'lim vaziri Najibulla Xöja Omariy Özbekiston prezidentiga afğon xalqiga qilingan muhim sovğa uçun çuqur minnatdorçilik izhor etdi va uşbu hodisa Özbekistonning Afğoniston xalqiga birodarlarça munosabatining yorqin namunasi ekanligini qayd etdi.

Moliya vaziri örinbosari Abdulla Raqibiy Afğonistonda uruş davom etayotganligiga qaramay, ikki davlat örtasida kelajakda hamkorlikning sezilarli istiqbollari mavjudligini e'tirof etdi: «Biz özbek xalqidan bizning ehtiyoj va orzu-umidlarimizga doimiy e'tibor qaratayotgani uçun samimiy minnatdormiz. Tinç va gullayotgan Afğonistonga işonuvçi birodarlar va haqiqiy döstlargina şunday yöl tutadilar».