2018 yil 19 noyabr kuni Senatda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Niğmatilla Yöldoşevning Amerika Qöşma Ştatlari Kongressining Vakillar palatasi a'zosi, AQŞ Kongressi “Özbekiston böyiça kokus” (döstlik guruhi) raisi Trent Kelli boşçiligidagi delegatsiyasi bilan uçraşuvi bölib ötdi.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabariga köra, uçraşuvda parlamentlararo hamkorlikni yanada mustahkamlaş masalalari muhokama etildi.
Ta'kidlanganidek, Özbekiston Respublikasi prezidentining joriy yil may oyidagi AQŞga tarixiy taşrifi şarofati bilan Özbekiston va AQŞ parlamentlari a'zolari örtasida ikki tomonlama muloqot tobora faollaşib bormoqda. Kongress Kutubxonasining “Oçiq dunyo” dasturi doirasida Oliy Majlis palatalari delegatsiyalarining AQŞga safarlari köpaymoqda. Kongress vakillari mamlakatga taşrif buyurmoqda. Kuni-keça ular Xelsinki komissiyasi tarkibida Özbekistonda böldi.
AQŞ kongressmenlari delegatsiyasining Özbekistonga taşrifi AQŞning mamlakat bilan hamkorlikni kuçaytirişga bölgan qiziqişi ortib borayotganidan darak beradi. AQŞ Kongressida “Özbekiston böyiça kokus” tuzilgani bu boradagi ulkan qadamdir. Kongressmenlarning uşbu norasmiy klubi parlamentlararo aloqalarni kengaytiriş va çuqurlaştiriş hamda Özbekiston va AQŞdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar mohiyatini yaxşiroq tuşuniş imkonini beradi.
Tomonlar Özbekiston va AQŞ örtasidagi savdo-iqtisodiy, moliyaviy-investitsiyaviy va texnologik hamkorlikni rivojlantiriş muhim ekaniga urğu berdilar. Özbekistonda ilğor xorijiy tajriba, jahon ilm-fanining zamonaviy yutuqlari, innovatsion ğoyalar, işlanmalar va texnologiyalar asosida iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning ustuvor tarmoqlarini jadal innovatsion rivojlantiriş böyiça islohotlar amalga oşirilmoqda. Bularning barçasi iqtisodiyotni liberallaştirişga, erkin tadbirkorlik faoliyati uçun şart-şaroitlar yaratişga va investitsiya muhitini yaxşilaşga qaratilgan. Hozirgi vaqtda mamlakatda “Jyeneral Elektrik”, “Jyeneral Motors”, “Jon Diir”, “Boing”, “Xaneyvel”, “Koka Kola” kabi AQŞning qator yirik kompaniyalari faol iş olib bormoqda.
Şuningdek, uçraşuvda mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlaş, eng avvalo, Afğonistonni barqarorlaştiriş va tiklaş masalalari böyiça ikki mamlakatning özaro hamkorligi masalalari ham körib çiqildi.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ kongressida ilk bor «Özbekiston böyiça kokus» tuzilgani xabar berilgandi.












