O‘zbekiston | 11:51 / 20.11.2018
3539
1 daqiqa o‘qiladi

YeXHT Parlament Assambleyasi delegatsiyasi O‘zbekistonga kelyapti

Foto: AFP

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev taklifiga binoan 2018 yil 20-24 noyabr kunlari Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Parlament Assambleyasi raisi Georgiy Tsereteli boshchiligidagi YeXHT PA delegatsiyasi tashrif bilan mamlakatda bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarida va Tashqi ishlar vazirligida o‘tkazilishi belgilangan uchrashuvlar davomida O‘zbekistonning YeXHT Parlament Assambleyasi bilan hamkorligi ustuvorliklari muhokama etiladi.

Shuningdek, YeXHT PA delegatsiyasi a'zolari joriy yil 22-23 noyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumi ishida ham ishtirok etadi.

Mavzuga oid