Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Novak Jokovich birinchi raqamli tennischi uchun rekordni yangiladi
Serbiyalik tennischi Novak Jokovich joriy mavsumni birinchi raqamli tennischi sifatida yakunladi. U bunga 31 yosh 223 kunligida erishdi va ATR tarixida yil natijalariga ko‘ra eng yoshi katta birinchi raqamli tennischi bo‘ldi.
Serbiyalik mavsumni 9045 ochko bilan yakunladi. 2009 yilda reyting isloh qilingandan keyin hech bir tennischi mavsumni yuqoridagidan kamroq ochko bilan yakunlamagan.
Jokovich yil davomida yuqori yigirmatalikka kirmay hamda “Uimbldon”gacha birorta musobaqani yutmay turib mavsumni birinchi raqamli tennischi bo‘lib tugatgan ilk tennischi bo‘ldi.
Jokovich beshinchi marta mavsumni birinchi raqamli tennischi sifatida yakunladi. U bu ko‘rsatkich bo‘yicha afsonaviy tennischilar Rojyer Federer va Jimmi Konnors bilan tenglashib oldi. Bu borada eng yaxshi natijaga Pit Sampras ega bo‘lib, u mavsumni 6 marta yetakchi sifatida yakunlagan.
Mavzuga oid
12:28 / 05.08.2024
Olimpiadaning 9-kuni. Jokovichning ko‘z yoshlari va yuz metrga yugurishda fotofinish
20:50 / 04.08.2024
Parij-2024. Jokovich – ilk marta Olimpiada chempioni
08:38 / 11.09.2023
Jokovich «Katta dubulg‘a» musobaqalarida mutlaq rekordni takrorladi
07:58 / 21.08.2023