UFC çempioni Xabib Nurmagomedov 49 yoşli boksçi Roy Jons bilan jang qilişdan boş tortdi.

Avvalroq Jons mömaygina haq uçun Nurmagomedovga qarşi jang qilişga tayyorligini aytgandi.

“Men sen bilan urişmayman, oğam”, deb aytgan Nurmagomedov Jonsga u bilan ötgan videosuhbatda. 

Nurmagomedov avvalroq unga raqiblar sifatida Konor MakGregor yoki Floyd Meyvezer qiziq ekanini aytgandi. Jumladan, Xabib Meyvezer bilan boks qoidalari böyiça jang qilişga tayyorligini bildirgan. UFC prezidenti Dana Uayt esa Xabib va Meyvezer örtasidagi jang MMA qoidalari böyiça ötişi kerakligini aytmoqda.

Roy Jons amerikalik maşhur boksçi bölib, bir neçta vazn toifasida jahon çempioni kamarlarini qölga kiritgan. U boks haqida yozuvçi nufuzli naşrlardan biri “Ring” tomonidan 1990-yillarda “ön yillik boksçisi” deb atalgan.