Tanganing ikkinçi tomoni ham bor!

Mazkur nomdagi avvalgi maqolani yozgunça aslida uzoq öylaganman. Yozsammi, yozmasammi, degan ikkilanişlar bölgan. Yozib bölganimdan keyin ham köp ikkilandim — e'lon qilsammi, yöqmi, deb. Orada tahrir qildim, ayrim «ehtiros»larni jilovladim. Oxiri, e'lon qiliş kerak, degan qarorga keldim...

Maqola atrofida bildirilgan xolis va noxolis fikrlar, munosabatlarni töla-tökis kuzatolmadim. «Telegram», «Instagram» va boşqalarda fikr bildirgan oğaynilarimizni, aka-yu opalarimizni eşitdim. Ustozlardan qönğiroqlar böldi — yomon yozmaganimni, muhimi, nimaningdir ilinjida yaltoqilik qilmaganimni aytib, ruhlantirişdi. Ba'zilar maqolani öqib: «Bu bola haliyam «Ma’rifat»da işlayaptimi?», deb sörabdi («Nega haligaça böşatilmadi?» demoqçi bölgandir...). Biroq men barça sözimni «egrilik» yoki «befahmlik» emas, çinakam vijdon amri bilan yozdim. Meni tuşunmaganlar borligi, ayrimlar tuşunib tuşunmaganlikka olayotganidan xafa emasman.

«Oğir artilleriya»ning omadi nimada?

«Gazetalar yöq bölib ketadi» yoki «Gazetalar yaşaşga haqli emas» degan fikrni aslo yoqlamayman. Gazeta şunday ölmas vositaki, uning örnini internetdan zöri paydo bölsa ham — bosolmaydi. Boisi jahon tajribasidan ayon, har tomonlama pişiq, puxta va keng tahlil etilgan materiallar aynan bosma naşrlarda e'lon qilinadi. Buning yagona sababi — naşrlarda internet, teleradiokanallarga qaraganda, tahlil uçun, obektni çuqur örganiş uçun VAQT köp. Şuningdek, oldinda ketayotgan zamonaviy, tezkor axborot vositalari, masalan, — «havo kuçlari» — internet saytlari, «piyoda qöşin» — radiokanallar va «öqçilar» — TV kanallari «axborot jangi» borayotgan ulkan maydonda öq qayerdan uçib kelişi-yu, qayer xavfsiz ekanini orqaroqda yuradigan «oğir artilleriya» — bosma naşrlarga bildirib qöyadi. Bizda ularga qarab xulosa qilişga vaqt ham, imkon ham bor. Şu jihatdan naşrlarning omadi çopgan.

Aks holda, «TASS», «Lenta», «Reyter» kabi yirik agentlik maqomidagi ilğor internet saytlari «Marca», «Times», «Mirror», «The Wall Street Journal», «Daily Mail», «The Sun», «AiF»