Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 19 noyabr kuni kongressmen Trent Kelli boşçiligidagi AQŞ Kongressi delegatsiyasini qabul qildi.

Davlatimiz rahbari tarkibida AQŞ Vakillar palatasi a'zolari Visente Gonsales, Ronald Estes, Rojyer Marşall va Jyennifer Gonsales Kolon ham bölgan delegatsiyani samimiy qutlar ekan, kongressmenlarni AQŞ parlamentiga oraliq saylov muvaffaqiyatli ötgani bilan tabrikladi.

Keyingi yillarda Özbekiston bilan AQŞ örtasidagi köp qirrali hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani çuqur mamnuniyat bilan qayd etildi. Joriy yil may oyida Vaşingtonda bölib ötgan oliy darajadagi uçraşuvlar mamlakatlarimiz örtasidagi strategik şeriklikning yangi davrini boşlab bergani ta'kidlandi.

Turli yönalişlar böyiça ikki tomonlama aloqalar faollaşdi, konstruktiv siyosiy muloqot yölga qöyildi, parlamentlararo almaşinuvlar, şuningdek, madaniy-gumanitar va ta'lim sohalaridagi hamkorlik kengaymoqda.

Savdo-iqtisodiy sohada birgalikdagi sa'y-harakatlar bilan özaro savdo hajmini oşiriş, Özbekiston iqtisodiyoti tarmoqlarini rivojlantiriş va modernizatsiya qilişga AQŞning yetakçi kompaniyalari töğridan-töğri investitsiyalari va texnologiyalarini jalb etiş borasida aniq yönaltirilgan işlar amalga oşirilmoqda.

Joriy yil boşidan buyon özaro tovar ayirboşlaş hajmi ikki barobar ortdi, mamlakatimizda AQŞ kapitali iştirokida 25 dan ziyod yangi korxona taşkil etildi.

Oktyabr oyida mamlakatimizda AQŞ savdo vaziri Uilbur Ross boşçiligidagi nufuzli delegatsiya iştirokida birinçi marta Amerika biznesi haftaligi ötkazildi.

Davlatimiz rahbari AQŞ Vakillar palatasida kongressmenlar T.Kelli va V.Gonsales rahbarligida «Özbekiston böyiça kokus» taşkil etilganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Uşbu mexanizm munosabatlarni har tomonlama kengaytiriş va aniq iqtisodiy loyihalarni ilgari surişda samarali omil bölib xizmat qilişiga işonç bildirildi.

 

Uçraşuvda ikki tomonlama munosabatlarga doir, şuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar körib çiqildi.