20 noyabrda neft bozorida taklifning köpayişi xavotiri sababli narxlarning keskin tuşişi kuzatildi.

Brent navidagi neftning yanvardagi fyuçerslari narxi London birjasida 3,12 dollarga tuşib, 63,67 dollarni taşkil qilgan. 

WTI neftining yanvardagi fyuçerslari narxi esa Nyu-York tovar birjasida 3,14 foizga arzonlaşib, 54,06 dollarni taşkil qilgan. 

AQŞda yonilği zaxiralari va neft oliş hajmining oşişi hamda Eronga qarşi kutilgandan “yumşoqroq” sanksiyalarning kiritilişi neft bozorida taklifning köpayişi mumkinligini körsatmoqda. OPeK+ davlatlari 2019 yilda neft oliş hajmini kamaytiriş böyiça kelişişlari haqidagi gaplar ham neftning arzonlaşişiga tösqinlik qila olmagan.