Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Haydovchilik guvohnomasini yangisiga soddalashtirilgan tartibda almashtirish 2021 yil 1 yanvargacha davom etadi
Aholi o‘rtasida haydovchilik guvohnomalarini almashtirish muddati 2019 yil 1 yanvarga qadar, deya noto‘g‘ri ma'lumot tarqalgan, deb xabar bermoqda Davlat xizmatlari agentligi.
Agentlik xabariga ko‘ra, haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisiga soddalashtirilgan tartibda almashtirish 2021 yil 1 yanvarga qadar davom etadi.
Bundan tashqari, ma'lumot o‘rnida, bugungi kunda mazkur xizmat Mirobod, Yunusobod, Uchtepa hamda Shayxontohur tuman Davlat xizmatlari markazlari bilan bir qatorda Yashnobod va Mirzo Ulug‘bek tumani Davlat xizmatlari markazlari orqali ham joriy etildi.
Aholiga qulaylik yaratish hamda navbatlarni oldini olish maqsadida Toshkent shahrining barcha tuman Davlat xizmatlari markazlari orqali shu haftaning oxiriga qadar mazkur xizmat joriy etilishi rejalashtirilmoqda.
Xizmatdan foydalanish uchun pasport, eski haydovchilik guvohnomasi va uning talonini taqdim etish hamda eng kam oylik ish haqining 70% miqdoridagi to‘lovni amalga oshirish lozim.
Navbatdan tashqari xizmat ko‘rsatilishi uchun qo‘shimcha pul to‘lanishi bekor qilingan.
Mavzuga oid
09:15 / 17.04.2026
Qozog‘iston endi qozoq tilini yaxshi bilmaydiganlarga doimiy yashash guvohnomasini bermaydi
14:26 / 20.09.2025
XDP moped va skuterlar uchun guvohnomalarni kechiktirishga chaqirdi
10:20 / 26.08.2025
Dori ishlab chiqarish bo‘yicha guvohnomalar amal qilish muddati 5 yil etib belgilanadi
11:15 / 19.04.2025