Janubiy koreyalik Kim Jong Yang Interpolning yangi rahbari etib saylandi. Bu haqda taşkilot rasmiy saytida xabar berilgan.

U Interpol rahbarligi uçun asosiy nomzod sifatida qaralgan, vitse-prezident, rossiyalik general Aleksandr Prokopçukni raqobatda ortda qoldirgan. Unga xalqaro taşkilotning boş assambleyasida ötkazilgan saylovda 98 a'zo ovoz bergan.

Kim Jong Yang
Foto: AP Photo

Kim Jong Yang bungaça Interpol vitse-prezidenti bölib işlagan, keyingi oylarda esa vaqtinçalik prezident bölgandi.

Interpolning avvalgi prezidenti, xitoylik Men Xunvey sentabr oyi oxirlarida ğoyib bölib qolgandi. Keyinçalik aniqlanişiça, u Xitoyda qölga olingan, mamlakat hukumati uni korrupsiyada gumonlamoqda. Şundan keyin Xunvey taşkilot rahbari lavozimidan iste'foga çiqarildi.

Britaniyaning The Times naşri Aleksandr Prokopçukni asosiy nomzod sifatida e'tirof etgandi. Ammo u saylovda 64 ovoz oldi.

Aleksandr Prokopçuk
Foto: The Times

Prokopçuk nomzodi amerikalik senatorlar qarşiligiga uçradi. Ular Rossiya «Interpoldan doimiy ravişda ma'lumotlarni qölga kiritiş, siyosiy muxoliflar, dissidentlar va jurnalistlarga tayziq ötkaziş»da foydalanib kelganini iddao qilişdi.

Litva va Ukraina esa Aleksandr Prokopçuk taşkilot rahbari etib saylansa, taşkilotni tark etişidan ogohlantirgandi.