Qarindoşlari, yaqinlari va döstlari uni qanday xotirlaydilar? Kimdir uni yelkalari keng va doim kulib turadigan buvajon sifatida eslasa, kimningdir xotirasida u mehmondöst va marhamatli Qayum doda sifatida saqlanib qoladi. Yana kimlarningdir köz oldida Qayum Şodiyeviç kuçli, aqlli, biroq kamtarin mehnatkaş inson – minglab vatandoşlarimiz bilan birgalikda Mirzaçölni özlaştirişda faol iştirok etgan zahmatkaş muhandis sifatida gavdalanadi.
Ehtimol, bu ismni eşitgan ba'zi insonlarning köz oldida Şodiyevlar avlodlari: Hakim, Nabi, Qosim, Fozil, Qobul, Fattoh, Rauplar hozir bölar. Har kim öz holiça haqdir.
Mulla Şodi öğli Qayum Şodiyev ötgan asr boşlarida dunyoga kelgan. Kamtargina qişloq oilasida ösib-ulğaygan, onasidan erta ayrilgan Qayum otasi qölida tarbiya topgan. U bolaligidan ötkir aql va rahmdil yurak sohibi ekani bilan ajralib turgan.
Uning kelgusida qanday kasbni egallaşi bolaligidan ma'lum edi. Bunga otasi Mulla Şodining jizzaxlik qişloq mehnatkaşlarining Mirzaçölni özlaştiriş, uni gullab-yaşnagan vodiyga aylantiriş orzulari haqidagi iş ustidagi suhbatlari sabab bölgan, desak mubolağa bölmaydi. Töqimaçilik institutini tugatib, muhandis-mexanik sifatida mehnat faoliyatini boşlagan.
Andijon va Toşkent viloyatlaridagi ikkita paxta zavodini tiklaş işlarida faol iştirok etgan. 1950 yildan 1960 yilgaça Mirzaçöldagi yirik Jizzax paxta zavodida direktor lavozimida faoliyat yuritgan.
Qayum Şodiyev 1964 yilda Paxtani qayta işlaş sanoati vazirligi hay'ati qaroriga muvofiq Sirdaryo viloyatida paxta tayyorlaş va qayta işlaş boşqarmasi boşliği etib tayinlangan. Öşa vaqtda esa bu uning yirik bir respublika rivojini belgilab beradigan iqtisodiy va siyosiy arboblar qatoridan örin egallaganini anglatardi. Fidokorona xizmatlari uçun Qayum Şodiyev «Faxriy belgi» ordeni bilan mukofotlangan.
1979 yilda Qayum Şodiyev Jizzax viloyati paxta tayyorlaş va qayta işlaş boşqarmasiga rahbar etib tayinlandi. Viloyatning har bir paxta zavodida, har bir paxta tayyorlaş punktida Qayum Şodiyevning istalgan vaqtda taşrif buyurib qolişini va bunda darhol özgalarning körsatmalarisiz bajarilgan işlar haqida, qança xomaşyo kelib tuşgani, qança paxta tolasi çiqarilgani haqida aniq va töğri hisobot beriş talab etilişini yaxşi bilar edilar. U befarq va bilimsiz insonlarga toqat qilolmas edi. Özi ham tabiatan serğayrat, kuçli irodaga ega, xotirasida yuzlab sonlarni, sanalarni, ism-şariflarni saqlab turadigan qobiliyatli inson bölgan. Qöl ostidagilardan ham fikrni bir yerga jamlay olişlikni, taşabbuskorlikni, kutilmagan vaziyatlarda yeçim topişga qodir böla olişni talab qilgan.











