Prezident farmoniga muvofiq Özbekistonda ba'zi toifadagi şaxslarga davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlar körsatiladi, deb yozmoqda Adliya vazirligi telegram-kanali.
Ular quyidagilar:
şoşilinç tez tibbiy yordam körsatişga muhtoj bölganlarga;
Soğliqni saqlaş asosiy zvenosida tibbiy xizmat körsatiş, birinçi navbatda qişloq aholisiga;
bir qator infeksion kasalliklarga qarşi aholini immunizatsiya va vaksinatsiya qiliş;
ijtimoiy ahamiyatga ega bölgan kasalliklarga (atrof muhitga zararli ta'sir körsatuvçi, silga çalinganlar, ruhiy kasallar, professional kasalliklarga, endokrinologik va onkologik kasalliklar) uçraganlarga;
bolalarni tibbiy körikdan ötkaziş va davolaş (pulli kasalxonalardan taşqari);
15-17 yoşgaça bölgan ösmirlarni va harbiy çaqiriq yoşidagilarni (18-27), harbiy çaqiriq komissiyasining yöllanmasi bilan tibbiy körikdan ötkaziş va davolaş;
tuğruqqa yordam körsatiş xizmati (pulli muassasalardan taşqari);
davlat davolaş-profilaktik muassasalardagi bemorlarni maxsus çegirmalar bilan davolaş (nogironlar, uruş iştirokçilari, çin yetimlarni).

















