Interpolning BAAda ötayotgan yiğilişida Kosovoni taşkilotga qabul qiliş rad etildi.
Kosovoning Interpolga qabul qilinişiga ovoz bergan davlatlar 68 tani taşkil qilgan, biroq Kosovo arizasi zarur bölgan uçdan ikki qism ovozni töplay olmagan. Kosovoning qabul qilinişiga 51 davlat qarşi çiqqan, 16 davlat betaraflik bildirgan.
Serbiya, bir qator ittifoqdoşlari kabi, Kosovoni öz hududi deb hisoblaydi.
Biroq Interpol Vanuatu va Kiribati davlatlarini öz tarkibiga qabul qilib, öz a'zolari sonini 194 taga yetkazib qöydi.












