Sobiq sovet makonida joylaşgan mamlakatlarda tibbiyotning umumiy muammolari özgarişi lozim. Masalan, muayyan (tor yönalişda) mutaxassislikka ega bitiruvçilar örnini oilaviy şifokorlar va mustaqil mutaxassislikdagi kadrlar egallaşi lozim, deb hisoblaydi Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti Birinçi tib-sanitar yordam Yevropa markazi bölim boşliği Huan Tello.
20 noyabr kuni Xalqaro-press klub axborot kömagida taşkil etilgan “Barqaror rivojlaniş maqsadlari davrida Özbekistonda soğliqni saqlaşni isloh qiliş” mavzusidagi xalqaro anjumanda Özbekistonda soğliqni saqlaşni kompleks isloh qiliş va 2030 yilgaça barqaror rivojlaniş maqsadlariga erişişda kömaklaşuvçi uzoq muddatli strategik dastur – Soğliqni saqlaş tizimini rivojlantiriş konsepsiyasi masalalari muhokama etildi.
Tadbirda iştirok etgan Huan Telloga köra, sobiq Sovet davlatlari tibbiyot sohasida deyarli öxşaş masalalar öz yeçimini kutmoqda.
"Poliklinikaga murojaat etuvçi bemorlar soni köp, şifokor esa kam. Bizning fikrimizça, umumiy amaliyot şifokorlarini tayyorlaşga e'tibor beriş, şuningdek, birinçi tib-sanitar yordam körsatadigan xizmatlar turini köpaytiriş kerak. Bundan taşqari, poliklinika modelidagi kattalar uçun terapevt, pediatr, ginekolog va stomatolog körinişidagi iş faoliyatidan voz keçib, umumiy amaliyot şifokori xonasini köpaytiriş maqsadga muvofiq", - deydi u.
Ma'lumot uçun, Tojikistonda oilaviy hamşiralar soni 2010-2014 yillar oraliğida 74 foizga köpaydi.
Telloga köra, ötiş jarayonida talabalarning amaliyotini şifoxonalarda taşkil etiş köp kuzatilgan bölsa, endi amaliyot muayyan jamoatlarda davom etişi kerak. Maqsad kasallikni davolaş emas, uni oldini oliş, kasallikni keltirib çiqaruvçi omillarga qarşi kuraşişdir.

















