Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyada qulupnay ichiga igna tiqqan ayol garov puli evaziga ozod etildi
Avstraliyaning Brisben shahri sudi do‘konlarga yetkaziluvchi qulupnaylar ichiga igna tiqqanlikda ayblanayotgan 50 yoshli Mi Ut Chinni garov puli evaziga ozodlikka chiqardi. Bu haqda ABC telekompaniyasi ma'lum qildi.
Ayblov vakili, prokuror Sheril Tesh ushbu ish bo‘yicha yig‘ilishda politsiyada ayblanuvchiga qarshi dalillar yetarlicha ekanini ma'lum qilgan. “Bizda qulupnay solingan idishda Mi Ut Chin DNKsi izlari bo‘lgan ikkita igna va guvohlar ko‘rsatmalari bor”, deb aytgan prokuror. Biroq sudya ayblanuvchi tomonidan jinoyatning takrorlanishi xavfini past deb baholab, uni qulupnay fermalari ishchilari bilan aloqa qilmaslik va bir haftada uch marta politsiyaga kelishi sharti bilan garov puli evaziga ozod qilishga qaror qilgan.
Ushbu ish bo‘yicha keyingi yig‘ilish 17 dekabrga belgilangan.
Mi Ut Chin 11 noyabrda hibsga olingandi va keyingi kuniyoq mahsulotlarni ataylab buzish ayblovi bo‘yicha sud oldida javob bera boshlagan.
Mavzuga oid
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
22:52 / 29.03.2026
Yonilg‘i narxi oshgani sababli Avstraliyaning ikki shtatida jamoat transporti bepul bo‘ladi
12:00 / 24.03.2026
YeI va Avstraliya bojlarning 99 foizdan ortig‘ini bekor qiladi
15:09 / 15.03.2026