“Doktor Veb” kompaniyasi mutaxassislari örnatilişi vaqtida kompyuterdagi antivirus dasturini öçirib taşlovçi virus aniqlanganini ma'lum qilişdi. 

Linux.BtcMine.174 deb nomlanuvçi uşbu troyan virusi kompyuterga tuşganda Linux.BackDoor.Gates.9 deb nomlanuvçi va DDoS-hujumlarda iştirok eta oluvçi boşqa virusni örnatadi. Söngra virus kompyuterda boşqa raqobatçi virus-maynerlarni izlab, ularni yopadi. Keyin esa antivirus dasturlarini qidirib, ularni öçirib taşlaydi.

Şundan keyin virus foydalanuvçi bilan “yakkama-yakka qolib”, avtoyuklanişda qayd qilinadi va Monero kriptovalyutasini mayning qiliş jarayonini işga tuşiradi. Virus dastur töğri işlayotganini muntazam tekşirib turadi va muammo holatida uni qayta yuklaydi hamda muntazam ravişda yangilanmalarini örnatib turadi. Mutaxassislar yangi virusdan himoyalaniş uçun antivirus tizimlarini tez-tez yangilab turişni tavsiya qilişmoqda.