Panama sobiq prezidenti Rikardo Martinellining ikki öğli Mayamida (Florida ştati) qölga olindi va “pul yuviş”da ayblanib öz vataniga ekstraditsiya qilinişlari mumkin. Bu haqda Panama boş prokuroriga tayanib Reuters xabar berdi.

Agentlikning bildirişiça, Panama hukumati 2017 yil noyabrda mamlakatning sobiq prezidenti öğillari Luisa Enirike va Rikardoni Braziliyaning Odebrecht quriliş kompaniyasidan noqonuniy ravişda 49 million dollar olganlikda ayblagandi. Uşbu kompaniya ularning otasi davlat rahbari bölgan vaqtda Lotin Amerikasi tarixidagi eng yirik korruptsion mojaroga aralaşib qolgan.

Martinelli 2009 yildan 2014 yilgaça Panama prezidenti bölgan. U mamlakatni 2015 yil yanvarda tark etgan, 2016 yil iyunda esa panamalik sudya Xeronimo Mexiya AQŞdan uni ekstraditsiya qilişni söragan. Interpol qidiruviga berilgan sobiq prezident 2017 yil iyunda Mayamida qölga olingan va bir yildan söng vataniga ekstraditsiya qilingan.

Martinelli telefon suhbatlarini noqonuniy tinglaşni taşkil etiş va korrupsiyada ayblanmoqda.