15:00 / 22.11.2018
8930

Mashhur Baskin Robbins kafelarining Toshkentdagi joylashuv nuqtalari ma'lum bo‘ldi

Shirinliklarni sevuvchilar uchun ajoyib yangilik! Mashhur Baskin Robbins kafelar tarmog‘i o‘zining mazali va boy assortimenti bilan Toshkent shahriga yetib kelmoqda.

Baskin Robbins kafelarining poytaxtdagi joylashuv nuqtalari ma'lum bo‘ldi. Ilk kafe tarmoqlari «Samarqand Darvoza» va «NEXT» savdo markazida va yaqinda o‘z ishini boshlagan «Compass» savdo markazida ochiladi.

Shunisi quvonchliki, kompaniya kelgusida muzqaymoq va shirinliklar kafelar tarmog‘ini yanada kengaytirishni rejalashtirilmoqda.

O‘zbekistonda faoliyatini boshlash arafasida turgan Baskin Robbins yangiliklarini ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.

Instagram: www.instagram.com/baskinrobbins.uzb

Telegram: t.me/baskinrobbins_uzb

Facebook: fb.com/baskinrobbins.uzb

Ma'lumot uchun: Baskin Robbins – Amerikaning muzqaymoq va qandolatchilik mahsulotlari do‘konlari tarmog‘i. Unga 1945 yilda Bert Baskin va Irv Robbins tomonidan asos solingan.

Mavzuga oid
Top