Şu yilning 20 noyabr kuni Namangan viloyatining Yangiqörğon tumanida yaşagan D.T.ning taşqi körinişdan jarohatsiz jasadi uyidan topilgan, deb xabar bermoqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi.

Ötkazilgan sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga köra, u boşining içki qismiga yetkazilgan jarohatdan vafot etganligi aniqlangan. 

Körilgan çoralar natijasida şu yilning 15 noyabr kuni marhum D.T.ning akasi U.T. uyida özaro janjal tufayli uni yuzi va boşiga qöllari bilan urib, jarohat yetkazganligi aniqlanib, uşlangan. 

Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.