Ommaviy axborot vositalarining asosiy vazifalaridan biri – davlat taşkilotlari bilan xalq örtasida köprik vazifasini ötaşdir. Zero, bu ikkisining örtasida jar paydo bölişi aksar muammolarning onasi bölib, OAV mazkur vaziyatda öta muhim bölgan öşa – ikki tarafni boğlovçi köprik rolini, asosan keng jamoatçilik ovozini tor doiralarga eşittiriş vazifasini bajaradi. Aynan şu – omma xavotirlarini öz vaqtida sezib, payqab, ularni yuzaga çiqariş iqtidori, iste'dodi muayyan ommaviy axborot vositasining saviya darajasini va ijtimoiy foydasi miqdorini belgilaydi.
Bundan ma'lum böladiki, mazkur – xavotirlarni öz vaqtida sezib, ovoza qiliş vazifasini bajaruvçi OAVning faoliyati, xususan davlat taşkilotlari uçun koni foyda, zero, omma fikridan bexabar qolib, pirovardida muammolar girdobiga öralaşib qolmaslikka ularga yordam beradi.
Ötgan haftada bir qator naşrlarda, jumladan Kun.uz saytida «soya»da qolib kelayotgan ustaçilik, mardikorçilik, kirakaşlik, uy xizmatlari va şunga öxşaş faoliyat turlariga patent joriy etiş rejalaştirilayotgani haqida yozgan edi. Ma'lum sabablarga köra, bu kabi yangiliklar keng ommada xavotir paydo qiladigan bölib qolgani heç kimga sir emas, zero voqeligimizda dastlab yaxşi niyat ila boşlangan ba'zi taşabbuslar keyinçalik köplab oddiy fuqarolar hayotiga önğaysizlik keltirganining guvohimiz. Öz yurtida tirikçilik qilib yurgan mardikorlarni u yoqdan bu yoqqa quviş, çekka viloyatlarda yuz bergan, kirakaşlarga qarşi vaqti-vaqti bilan uyuştiriladigan reydlar va hokazo holatlar umumiy manzaramizni doim xira qilib kelgan real holatlardir – xayoliy emas.
Demak bunga öxşaş – vazirlik va idoralarning taşabbuslari ortidan ommada yuzaga keladigan xavotirlar voqeligimizning bir jihati bölib, mazkur xavotir va savollarni oşkor qiliş hamda ularning har biriga öz örnida bosiqlik bilan kompetent javob beriş lozim. Javoblar esa doim ham berilmayapti. Xususan, Kun.uz sayti e'lon qilgan maqolada qöyilgan bir neçta savol havodan vujudga kelgani yöq, bu savollar hayot taqozo etib turgan savollardir.
Yiğilişlardan birida Özbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Şerzod Kudbiyev OAVdan norozilik bildirdi: «...ayrim axborot manbalari davlat mardikorlarga ham soliq solmoqçi, deb jar soldi», – dedi u.
Yuqorida söz yuritganimiz – OAVning bevosita vazifalari va dunyoda umumqabul qilingan OAV ta'rifotidan kelib çiqib aytiş lozimki, «jar soldi» iborasi bu vaziyatda OAVning bevosita qilişi kerak bölgan – xavotirlarni oşkor qilişdek işiga salbiy rang berişga öxşab qolgan.
OAVning ahamiyatini töğri anglamoq va töğri talqin qilmoq zamon talabidir. Notöğri talqin esa islohotlar yöliga ğov böladi.











