Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 21 noyabr kuni Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş kotibining örinbosari, BMTning Jyeneva şahridagi bölinmasi boş direktori Maykl Myollerni qabul qildi.

Davlat rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, Samarqandda ötkaziladigan Inson huquqlari böyiça birinçi Osiyo forumi tadbirlarida iştirok etiş uçun Birlaşgan Millatlar Taşkilotining nufuzli delegatsiyasi taşrifi Özbekiston va BMT örtasidagi ikki tomonlama hamkorlik izçil mustahkamlanib borayotganining yana bir tasdiği ekanini mamnuniyat bilan ta'kidlagan.

Özaro aloqa va taşriflar sezilarli faollaşgani mamlakatimizning Taşkilot tuzilma va institutlari bilan konstruktiv muloqotni yölga qöyiş hamda Barqaror taraqqiyot maqsadlariga erişişga qaratilgan samarali hamkorlikni mustahkamlaşga xizmat qilgani qayd etildi.  

Bugungi kunda mamlakatimizda Inson huquqlari böyiça Oliy komissar boşqarmasi, Xalqaro mehnat taşkiloti, YuNeSKO, Jahon sayyohlik taşkiloti va BMTning boşqa muassasalari bilan amaliy hamkorlikni rivojlantirişga doir qator dasturiy hujjatlar va «yöl xarita»lari qabul qilingan va birgalikda amalga oşirilmoqda.

Özbekiston Respublikasi taşabbusi bilan joriy yil iyun oyida birinçi marta BMT Boş Assambleyasining Markaziy Osiyo mintaqasida tinçlik, barqarorlik va izçil taraqqiyotni ta'minlaş masalalari böyiça maxsus rezolyutsiyasi qabul qilingani hamda uning xalqaro hamjamiyat tomonidan keng qöllab-quvvatlangani alohida ta'kidlandi.

Şuningdek, mamlakatimizning BMTning Yoşlar huquqlari töğrisida xalqaro konvensiyasi va Boş Assambleyaning «Ma'rifat va diniy bağrikenglik» nomli rezolyutsiyasini qabul qiliş böyiça taşabbuslarini ilgari suriş yölida birgalikdagi işlar davom ettirilmoqda.

Uçraşuvda Özbekiston Respublikasi va Birlaşgan Millatlar Taşkilotining ikki tomonlama hamkorligini rivojlantiriş istiqbollari, şuningdek, mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Orol ekologik fojiasi oqibatlarini, jumladan, Orolböyida ijtimoiy-iqtisodiy, gumanitar dastur va loyihalarni amalga oşiriş orqali yumşatişda jahon hamjamiyati sa'y-harakatlarini birlaştirişga alohida e'tibor qaratildi.

Özbekistonning BMT şafeligida maxsus Trast jamğarmasini taşkil etiş böyiça taşabbusini röyobga çiqariş bu borada katta amaliy qadam böladi. Joriy yil 27 noyabr kuni Taşkilotning Nyu-York şahridagi boş qarorgohida uşbu tuzilmaning  yuqori darajadagi birinçi tadbiri bölib ötadi.