«Formula-1» yetti karra çempioni Mixael Şumaxerning saytida uning eng sönggi videointervyusi e'lon qilindi. Bu intervyu 2013 yil 30 oktabrda yozib olingan, sportçi boşidan jarohat olişidan avval.
Jurnalistlar bilan suhbatda pilot 2000 yilgi çempionatda ğalaba qozongani, öşanda Ferrari jamoasiga 21 yil içidagi birinçi sovrinni keltirgani eng katta hissiyotga aylanganini eslagan. Şumaxer «Formula-1»da ikki marotaba mağlub etgan finlyandiyalik Mika Xakkinenni eng munosib raqib, deb atagan.
Sportçining aytişiça, bolaligida pilotlardan emas, balki GFR futbol böyiça termasi darvozaboni Toni Şumaxerdan hayratda qolgan. Şumaxer «Formula-1» tabiati haqida gapirar ekan, şunday degan: «Menimça, har qanday holatdagi va har qanday hayotiy vaziyatdagi muvaffaqiyat jamoaviy işlaşga boğliq. Özing juda köp iş qilişing mumkin, lekin jamoa bilan ança kuçliroq bölasan. «Formula-1» - jamoaviy sport turi. Men buning isbotiman».
Umuman olganda, Şumaxerning sözlariga köra, har qanday işda muvaffaqiyatga erişiş uçun iste'dod kerak, ammo bitta iste'dod bilan ğalabani qölga kiritiş mumkin emas.
2013 yil dekabrida Şumaxer Alp toğlari yaqinidagi Meribel dam oliş maskanida toğ çanğisida uçiş vaqtida yiqilib, boş miya jarohatini oldi. Komaga tuşgan poygaçi Grenobl kasalxonasiga yotqizildi, u yerda bir neçta operatsiya ötkazildi. 2014 yil sentabridan buyon u Jyeneva köli qirğoğidagi villada tiklanmoqda.
«Tabiatni körganida yiğlaydi». Şumaxer haqida yangi ma'lumotlar paydo böldi











