“Kitoblarni yoqib yuboriş oğir jinoyat, biroq dunyoda undan-da oğirroq jinoyat bor, u – kitob öqimaslik”, degan edi donişmandlardan biri. Kitob öqiş insonning maslahatçisi, fikrlaş quroli, aql qayroği va muvaffaqiyat kalitidir.


Bugungi kunda mamlakatimizda kitobga, uni tarğib qilişga, öqiş va öqitişga bölgan e'tibor davlat siyosati darajasiga kötarilgan. Bunga birgina misol davlatimiz rahbarining 2017 yil 13 sentabrdagi “Kitob mahsulotlarini naşr etiş va tarqatiş tizimini rivojlantiriş, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oşiriş hamda tarğib qiliş böyiça kompleks çora-tadbirlar dasturi töğrisida”gi PQ-3271-son qarori misolida ham köriş mumkin.


Şu nuqtai nazardan bugungi kunda barça naşriyotlarda kitobxonlarga manzur böladigan, eng sara kitoblarni naşr etiş yölida salmoqli işlar qilinmoqda. Şu jumladan Özbekiston matbuot va axborot agentligi Ğafur Ğulom nomidagi naşriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan 44 jilddan iborat maktab darsliklarida mavjud bölgan eng sara badiiy adabiyotlar “Xrestomatiya”sini yangidan çop etilgani ham sözimizning isboti. Mazkur kitoblar keng öquvçilar ommasiga möljallangan.


Özbekiston matbuot va axborot agentligi Ğafur Ğulom nomidagi naşriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan 44 jilddan iborat maktab darsliklarida mavjud bölgan eng sara badiiy adabiyotlar “Xrestomatiya”si kitobxonlar tomonidan qizğin kutib olinişiga işonçimiz komil . Jahon va özbek adiblarining ijodlaridan bahramand böling! Öqing va zavqlaning.
Özbekiston Matbuot va axborot agentligi tizimidagi
Ğafur Ğulom nomidagi naşriyot-matbaa ijodiy uyi matbuot xizmati










