Andijon viloyati, Izboskan tuman IIB tezkor xodimlari S.Ya va I.X. 22 noyabr, tungi soat 01:30larda xizmat vazifasini ötayotib, fuqarolar Z.T, S.N, F.Yu, E.E, A.S, X.M va A.J.ni töxtatib, ularning şaxsini aniqlaş maqsadida özlarini taniştirişini söraşgan.

Viloyat prokuraturasi xabariga köra, fuqaro A.J. içki işlar xodimlari talabiga böysunmay qarşilik körsatgan va telefon orqali ukasi S.J va jiyani Z.Q.ni çaqirgan.

Qarindoşlari voqea joyiga yetib kelgaç, bu şaxslar içki işlar xodimi I.X.ni ayovsiz urib, tepkilab  öldirişadi va ikkinçi xodim S.Ya.ni kaltaklab, tan jarohati yetkazadilar. 

Jinoyat sodir etgan aka-uka va jiyan qölga olinib, ularga nisbatan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi böyiça jinoiy iş qözğatilgan.

Nizoning boşqa iştirokçilari ham guvoh sifatida qölga olingan.