«Özstandart» agentligi hamda Xalqaro ölçov va tarozilar byurosi Milliy ölçaş etalonlari hamda milliy metrologiya institutlari tomonidan beriladigan kalibrlaş va ölçaş sertifikatlarining özaro e'tirof etilişi töğrisida kelişuvni imzoladi, deb yozmoqda Norma.
 
Kelişuvning amalga oşirilişidan quyidagi natijalar kutilmoqda:
 
1) mahalliy mahsulotni çet elga yetkazib berişda ölçaş va sinov natijalarining e'tirof etilişi; 
 
2) savdoda texnik tösiqlarni bartaraf etiş, şuningdek har yili davlatlararo, xalqaro va xorijiy mamlakatlarning milliy etalonlari bilan soliştirişlar ötkaziş imkoni;
 
Ma'lumot uçun: ILAC (Laboratoriyalarni akkreditatsiyalovçi xalqaro taşkilot) talablariga asosan, kuzatiluvçanlik ta'minlanişini isbotlaş uçun KOOMeT (Davlat metrologik muassasalarning Yevrosiyo hamkorligi) doirasidagi soliştirişlarda muntazam ravişda iştirok etiş zarur.
 
3) mahalliy korxonalarning xorijiy metrologiya institutlariga tobeligini kamaytiriş;
 
Ma'lumot uçun: 2012–2017 yillar davomida kalibrlaşga 7 birlik etalon va 387 birlik namunaviy ölçaş vositalari olib çiqilgan bölib, deyarli $260 ming sarflangan. Asosiy soliştirişlarda iştirok etiş uşbu xarajatlarning oldini olişga imkon yaratadi.
 
4) yetakçi iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy sohalar, fan va mamlakat mudofaasining ölçaşlar bir xilligini ta'minlaşdagi ehtiyojlarining qoplanişi;
 
5) soliştirişlar ötkazilişida vaqtinçalik xarajatlarni qisqartiriş, xom aşyo, resurslar, materiallar, mahsulotlar miqdori va sifatini işonçli baholaşni amalga oşiriş maqsadida bajariladigan ölçaşlar aniqligining oşirilişi;
 
6) normativ hujjatlarni işlab çiqiş bilan boğliq ilmiy-texnik hamkorlik, innovatsiya, xalqaro savdo, tijorat faoliyati sohasidagi kelişuvlarni rejalaştiriş va amalga oşiriş uçun texnik bazani ta'minlaş;
 
7) ölçaş natijalarining ölçov vositalari birliklariga kuzatiluvçanligini ta'minlaş;