Amerikaning Forbes jurnali dunyodagi eng köp haq tölanuvçi musiqaçilar nomini ma'lum qildi, reytingda birinçi örinni amerikalik rep-ijroçi Diddy (Şon Kombs) egalladi, u bir yil içida 130 million dollar işlab topdi (soliqlarni çiqarib taşlamaganda).
Naşr ma'lumotlariga köra, Diddy’ning reytingda yetakçiga aylanişiga Bad Boy Family Reunion Tour turnesi, Ciroc bilan şartnoma va Sean John kiyim-keçak qatori sotuvlari yordam bergan.
Röyxatning ikkinçi poğonasidan 105 million dollarga ega xonanda Beyonse joy oldi, u Queen Bey's Formation World Tour turnesi tufayli şunça işlab topgan. Uçinçi örinda – kanadalik rep-ijroçi Dreyk 94 million dollar bilan, bu pullar Boy Meets World Tour turnesi yordamida işlab topildi.
Ulardan keyingi örinlarni rep-ijroçi The Weeknd 92 million dollar bilan va Coldplay 88 million dollar bilan egallab turibdi.
Forbes’dan ta'kidlaşlariça, musiqaçilarning aksariyati öz mablağlarini konsert turlari orqali işlab topişgan (reytingdagi 25 iştirokçidan faqatgina ikki nafari istisno sanaladi: xonanda Teylor Svift 44 million dollar bilan va rep-ijroçi Jay-Z 42 million dollar bilan).
Jurnal reytingni tuziş çoğida 2016 yilning 1 iyunidan 2017 yilning 1 iyuniga qadar bölgan davrda işlab topilgan mablağlarni hisobga oldi.

















